2026 yildan haydovchilikka oid yangi tartiblar joriy etiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 25 oktyabrdagi 676-son qaroriga muvofiq, 2026 yildan boshlab quyidagi yangiliklar amalga kiritiladi:
2026 yil 1 yanvardan moped va skuterlarni boshqarish uchun A1 toifasi joriy etiladi. Ushbu toifani olish uchun avtomaktablarda o‘qish shart emas, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtihon topshirish huquqiga ega bo‘ladi;
2026 yil 1 fevraldan “A” va “B” toifali haydovchilik guvohnomasini olishda fuqarolar nazariy qismni mustaqil o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi, avtomaktabda o‘qish ixtiyoriy bo‘ladi;
2026 yil 1 apreldan esa yo‘llarda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanadi.