Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
2026 yilda Turkiyaning KSK Temizlik kompaniyasi 2,5 ming nafar o‘zbek quruvchisini ishga jalb etadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilda Turkiyada qurilayotgan obyektlarda O‘zbekistonning 2,5 ming nafardan ortiq fuqarosi ish bilan taʼminlanadi.
O‘zbekiston Migratsiya agentligi xabar berishicha, agentlik rahbari Behzod Musayev Turkiyaning KSK Temizlik kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra, joriy yil davomida Anqara shahridagi yirik qurilish obyektlarida ishlash uchun 2,5 ming nafar o‘zbek quruvchisini jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.