Valyuta kurslari 13/02/2026
$1 – 12275.58
UZS – -0,1%
€1 – 14591.98
UZS – -0,36%
₽1 – 159.09
UZS – 0,16%
Qidirish
2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonda yangi avtomobillar savdosi 7,2 foizga oshdi

2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonda yangi avtomobillar savdosi 7,2 foizga oshdi

2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonda yangi avtomobillar savdosi 7,2 foizga oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yil yanvar oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston birlamchi avtomobil bozorining dinamikasi va hududiy tuzilmasiga oid yangilangan tahlilni taqdim etdi. Tahlil bozor segmentlaridagi o‘zgarishlarni, jumladan elektromobillar bozoridagi tendensiyalarni ham qamrab oladi.

Yanvar oyida mahalliy ishlab chiqarilgan va import qilingan yangi yengil avtomobillar savdosi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,2%ga oshib, 28,6 ming donani tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng yuqori faollik Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida qayd etildi.

Shu bilan birga, o‘tgan yilga nisbatan yangi yengil avtomobillar sotuvi Samarqand va Xorazm viloyatlarida, shuningdek Toshkent shahrida kamaydi.

Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar segmentida sotuvlar o‘tgan yil yanvar oyiga nisbatan 11%dan ortiq o‘sib, 24 ming dondan ziyodni tashkil etdi.

Ayni paytda xorijiy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar realizatsiyasi qariyb 4,4 ming donani tashkil etib, o‘tgan yil yanvar oyiga nisbatan 10%ga kamaydi.

Yanvar oyida elektromobillar savdosi 9%ga oshib, 6,1 ming donani tashkil etdi.

Hududiy kesimda yanvar oyidagi sotuvlarning asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi. Poytaxtda 3,7 mingta elektromobil sotilib, jami hajmning 62%dan ortig‘ini tashkil etdi.

Keyingi o‘rinlarda Samarqand (3,5 barobar), Namangan (2,4 barobar), Surxondaryo (5 barobar) hamda Xorazm (3 barobar) viloyatlari qayd etildi.

Shu bilan birga, elektromobillarning birlamchi bozori rekord darajada 45,3%ga o‘sib, 4,7 mingta elektromobilni tashkil etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling