Valyuta kurslari 17/10/2025
$1 – 12160.99
UZS – -0,59%
€1 – 14178.50
UZS – -0,39%
₽1 – 153.92
UZS – -0,59%
Qidirish
2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda elektron hisob-fakturalarning xavf darajasini avtomatik baholash tizimi ishga tushadi

2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda elektron hisob-fakturalarning xavf darajasini avtomatik baholash tizimi ishga tushadi

2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda elektron hisob-fakturalarning xavf darajasini avtomatik baholash tizimi ishga tushadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda elektron hisob-fakturalarning (EHF) xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik baholash tizimi ishga tushadi, deb xabar berdi Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati. Bu chora 4 sentyabrdagi Prezident farmoni (PF-153) bilan nazarda tutilgan.

Tizim Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ekspertlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, ular orasida Soliq qo‘mitasi huzuridagi XVJ maslahatchisi Georgiy Kandelaki ham bor. Yangi tizim har bir yaratilayotgan EHFni tuzish bosqichidayoq tahlil qiladi va unga xavf darajasi beradi: hisob-fakturani rasmiylashtirishda qonunbuzarlik ehtimoli yuqori bo‘lsa — “qizil”, past bo‘lsa — “yashil” maqom beriladi. Taʼminlovchining maqomi xaridorga ko‘rinadi, bu esa hamkorni tanlashda soliq tavakkalchiligini oldindan baholash imkonini beradi.

Hozircha tizim jazo choralarisiz sinov tariqasida ishlamoqda. Iyul oyidan boshlab Soliq qo‘mitasi yangi tizim orqali aniqlanayotgan elektron hisob-fakturalar bo‘yicha yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatoliklar va soliq qonunchiligi buzilishlari misollarini eʼlon qilmoqda. Vedomstvoning asosiy maqsadi — soliq maʼmurchiligini raqamlashtirish va iqtisodiyotdagi soya operatsiyalar sonini qisqartirish, jumladan «yakka kunlik firmalar», soxta bitimlar va QQSni noqonuniy qaytarish sxemalarini bartaraf etishdir.

Iyul–sentyabr oylari davomida EHF tahlili natijasida 27 soliq to‘lovchi iqtisodiy mazmunga to‘g‘ri kelmaydigan operatsiyalarni amalga oshirgani aniqlandi. Ularning 281 ta korxona nomiga rasmiylashtirilgan hisob-fakturalarining umumiy qiymati 5,9 trln so‘mni, shu jumladan qaytarishga qabul qilingan 706 mlrd so‘mlik QQSni tashkil etgan.

Xavf darajasi baholashi 48 ta mezon asosida amalga oshiriladi. Xalqaro ekspertlar tavsiyasiga ko‘ra, tizimni aylanib o‘tishning oldini olish maqsadida bu mezonlar ro‘yxati oshkor etilmaydi. Tizim 71 ta vazirlik va davlat idorasining maʼlumotlarini integratsiya qilgan. Soliq qo‘mitasining QQSni boshqarish departamenti direktori o‘rinbosari Hikmatilla Qodirovning taʼkidlashicha, asosiy uchta mezon — soliq to‘lov tarixi, taʼsischilarning soliq majburiyatlarini bajarish holati va sotilgan mahsulot bo‘yicha daromad manbai mavjudligidir.

EHFni “qizil” maqomdan “yashil”ga o‘tkazish uchun sotuvchi yoki xaridor QQSning to‘liq summasini to‘lashi lozim. Shu amal bajarilgandan so‘ng hisob-faktura avtomatik ravishda “yashil” maqomni oladi va qaytarish uchun qabul qilinishi mumkin bo‘ladi.

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyevning taʼkidlashicha, mamlakatda har oyda 3,5 milliondan ortiq EHF shakllantiriladi. Birinchi bosqichda tizim ularning taxminan 10 foizini tanlab tahlil qiladi va ularga xavf darajasiga ko‘ra “qizil” yoki “yashil” maqom beradi. Yuqori xavfli (“qizil”) hisob-fakturalar QQS qaytarilishi uchun soliq to‘liq to‘lanmaguncha hisobga olinmaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling