Valyuta kurslari 07/01/2026
$1 – 11968.59
UZS – 0,14%
€1 – 14020.01
UZS – 0,4%
₽1 – 147.74
UZS – -0,05%
Qidirish
2026 yil 1 yanvardan boshlab Gruziyaga kiruvchi barcha xorijiy fuqarilarda tibbiy sug‘urta bo‘lishi talab qilinadi

2026 yil 1 yanvardan boshlab Gruziyaga kiruvchi barcha xorijiy fuqarilarda tibbiy sug‘urta bo‘lishi talab qilinadi

2026 yil 1 yanvardan boshlab Gruziyaga kiruvchi barcha xorijiy fuqarilarda tibbiy sug‘urta bo‘lishi talab qilinadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 yanvardan Gruziya hududida xorijiy fuqarilar uchun yangi majburiy talab kuchga kirdi. Mamlakat hukumati qaroriga muvofiq, mamlakatga kiruvchi har bir shaxs butun istiqomat muddati davomida amal qiladigan tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lishi shart. Bu haqda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi xabar berdi.

Sug‘urta polissiz bo‘lish uchun 300 lari miqdorida jarima belgilangan bo‘lib, bu taxminan 1,3 million so‘mga teng.

Sug‘urta polisi ingliz yoki gruzin tilida tuzilishi va butun istiqomat muddati uchun sug‘urta himoyasini taʼminlashi lozim. Sug‘urta bo‘yicha minimal talablarga kamida 5 000 AQSH dollari miqdorida favqulodda ambulator davolash xarajatlarini qoplash, hamda 30 000 AQSH dollarigacha statsionar davolash, shu jumladan, baxtsiz hodisa, jarohatlar, kasalliklar, evakuatsiya va repatriatsiya xarajatlari kirishi shart.

Gruziyaning tog‘li hududlariga sayohat qilishda qo‘shimcha sug‘urta talablari amal qiladi.

Hujjatni o‘zingiz bilan olib yurishingiz kerak — elektron shaklda mobil qurilmangizda yoki bosma shaklda. Polis mamlakatga kirish paytida hamda istiqomat davomida qonuniy organlar tomonidan tekshirilishi mumkin.

Uzbekistan Airways yo‘lovchilarga chegarani muammosiz kesib o‘tishlari uchun barcha zarur hujjatlarni oldindan tayyorlab olishni tavsiya qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling