Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida havo transporti orqali 6,5 million yo‘lovchi tashildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekiston havo transporti orqali taxminan 6,5 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan.
Bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 1,3 million kishiga ko‘p bo‘lib, o‘sish 26,2 foizni tashkil etdi.
O‘rtacha hisobda, har kuni havo transporti orqali 23,7 ming yo‘lovchi tashilgan.