Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 19/06/2025 2025-yilning iyun oyida Toshkent shahridagi supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi

2025-yilning iyun oyida Toshkent shahridagi supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2025-yilning iyun oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

Monitoring natijalari 9 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi*.

Shunday qilib, oqbosh karamning minimal narxi 64,2 foiz, pomidorniki 44,7 foiz, bodringniki 36,5 foiz, lavlaginiki 21,5 foiz, bananniki 13,0 foiz, olmaniki 8,4 foiz, guruchniki 7,3 foiz, mol go‘shtiniki (file) 6,3 foiz, kartoshkaniki 6,0 foiz pasaygan.

6 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar oshgan. Ayniqsa, limon narxida eng katta o‘sish qayd etildi. Bu mavsumiy omil bilan bog‘liq.

6 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Bular - bug‘doy uni, grechka, makaron, tuxum, margarin, kungaboqar yog‘i.

*tahlil 2025-y. 7-may va 12-iyun kunlari o‘tkazilgan monitoring maʼlumotlari asosida amalga oshirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling