Valyuta kurslari 14/07/2025
$1 – 12615.07
UZS – -0,15%
€1 – 14754.59
UZS – -0,45%
₽1 – 162.02
UZS – -0,22%
Qidirish
Xitoy 14/07/2025 2025 yilning birinchi yarim yilligida Xitoyning tashqi savdosi 2,9 foizga o‘sdi

2025 yilning birinchi yarim yilligida Xitoyning tashqi savdosi 2,9 foizga o‘sdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi eʼlon qilgan maʼlumotlarga ko‘ra, 2025 yil yanvar–iyun oylarida mamlakatning umumiy tashqi savdo aylanmasi 21,79 trillion yuanni (taqriban 3,05 trillion AQSH dollari) tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,9 foizga ko‘p, deb xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.

Boshqarmaning taʼkidlashicha, tashqi savdo aylanmasining o‘sish surʼati joriy yilning birinchi besh oyida qayd etilgan 2,5 foizga nisbatan tezlashgan.

Hisobot davrida Xitoy tovarlar eksporti 7,2 foizga o‘sdi, import hajmi esa 2,7 foizga kamaydi.

Jahon iqtisodiyotidagi mavjud beqarorlik fonida tashqi savdoning o‘sishi Xitoyning ishlab chiqarish-eksport modeli qanchalik moslashuvchan ekanini va mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari izchil kengayayotganini ko‘rsatadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling