Valyuta kurslari 22/08/2025
$1 – 12413.79
UZS – -0,42%
€1 – 14468.27
UZS – -0,34%
₽1 – 154.86
UZS – -0,36%
Qidirish
Moliya 23/08/2025 2025 yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda 273,4 trln so‘m investitsiya o‘zlashtirildi

2025 yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda 273,4 trln so‘m investitsiya o‘zlashtirildi

Surat: Pixabay/Benscripps

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2025 yilning dastlabki olti oyi mobaynida asosiy kapitalga jami 273,4 trln so‘m investitsiya o‘zlashtirildi. Mazkur mablag‘lar iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga, iqtisodiy faoliyatning barcha turlari bo‘yicha yo‘naltirilgani haqida Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

Eng katta investitsiya hajmi Toshkent shahrida qayd etildi — 47,9 trln so‘m. Toshkent viloyatida — 40,7 trln so‘m, Namangan viloyatida esa — 29,2 trln so‘m investitsiya yo‘naltirilgan.

Qashqadaryo viloyatida 20,8 trln so‘m, Buxoro viloyatida — 19,1 trln so‘m, Navoiy viloyatida — 18,2 trln so‘m, Samarqand viloyatida — 18 trln so‘m investitsiya o‘zlashtirilgan.

Farg‘ona viloyatida 15,3 trln so‘m, Andijon viloyatida — 14 trln so‘m, Jizzax viloyatida — 11,7 trln so‘m investitsiya yo‘naltirilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10,3 trln so‘m, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida — 9,6 trln so‘mdan, Surxondaryo viloyatida esa — 9 trln so‘m investitsiya o‘zlashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling