2025-yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha soliq tushumlari 158 trln so‘mdan oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Soliq organlari tomonidan 2025-yilning 9 oyida respublika bo‘yicha budjetga 158,7 trln so‘m tushumlar tushishi taʼminlandi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18%ga ko‘p.
2024 yilning shu davriga nisbatan asosiy soliq turlari bo‘yicha o‘sish kuzatildi: foyda solig‘i 35,4 trln so‘m (+14%), qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) 32,5 trln so‘m (+14%), jismoniy shaxslar daromad solig‘i (JSHDS) 30,3 trln so‘m (+19%), yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 16 trln so‘m (+24%), aksiz solig‘i 14,4 trln so‘m (+14%), soliqsiz tushumlari 13,8 trln so‘m (+30%), yer solig‘i 7,2 trln so‘m (+20%), mol-mulk solig‘i 6 trln so‘m (+16%), AOS 2,4 trln so‘m (+12%), suv resurslaridan foydalanish solig‘i 0,7 trln so‘m (+16%)ni tashkil etdi.
Soliqsiz tushumlar bu davlat boji, jarimalar, yig‘imlar.
Hududlarda 9 oylik soliq tushumlari 27 foizga, uchinchi chorakda esa 30 foizga oshdi.
Eng yuqori o‘sish surʼatlari Navoiy viloyati (86%), Farg‘ona viloyati (39%), Toshkent shahri (33%) va Sirdaryo viloyati (32%)da qayd etildi.