Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
2025-yilgi sholi hosili: mamlakat bo'ylab hosilning 80,7% yig'ib olindi

2025-yilgi sholi hosili: mamlakat bo'ylab hosilning 80,7% yig'ib olindi

2025-yilgi sholi hosili: mamlakat bo'ylab hosilning 80,7% yig'ib olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil uchun yetishtirilgan sholi hosilining yig‘i-terim mavsumi mamlakatimiz bo‘ylab barcha hududlarda izchil davom etmoqda. Joriy yilda respublika bo‘yicha jami 160,7 ming gektar maydonda sholi ekilib, 820,4 ming tonna hosil yetishtirildi.

Ayni vaqtda hosil yig‘imi qizg‘in sur’atda kechmoqda. Joriy yilning 24-oktabr holatiga ko‘ra, 129,7 ming gektar maydonda sholi o‘rib olindi, bu umumiy maydonning 80,7 foizini tashkil etadi. Hosildorlik bo‘yicha yetakchi hududlar qatorida Buxoro viloyati (53,7 s/ga) va Namangan viloyati (48,7 s/ga) qayd etilmoqda. Shuningdek, Xorazm (51,0 s/ga) va Sirdaryo (46,9 s/ga) viloyatlarida ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi.

Mavsum boshidan beri respublikamiz bo‘yicha 643,9 ming tonna sholi hosili yig‘ib olindi. Bu ko‘rsatkich agrar soha mehnatkashlarining tirishqoqligi va zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanilayotganidan dalolat beradi.

Sholichilik sohasida bu yil qator yangiliklar ishlab chiqarishga joriy etildi. Xususan, ayrim hududlarda dronlar yordamida urug‘ sochish, energiya tejovchi sug‘orish tizimlari va hosildor navlarning biotexnologik tanlovi amaliyotga tatbiq etildi. Mutasaddilar ta’kidlashicha, bu usullar orqali suv sarfi o‘rtacha 12–15 foizga kamaygan, biroq hosildorlik o‘sishi ta’minlangan.

Shu bilan birga, sholichilikda ishlab chiqarish madaniyatini oshirish, ichki bozorni barqaror ta’minlash hamda eksportbop navlarni ko‘paytirish bo‘yicha ish rejasi ishlab chiqilgan. Mavsum yakunlari bo‘yicha Xorazm, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi tajriba xo‘jaliklarida yuqori natija ko‘rsatgan usullar kelgusi yilda mamlakatning barcha hududlariga joriy etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling