Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
2025 yilda O‘zbekistonga Janubiy Koreyadan 46,3 ming nafar turist tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilda O‘zbekistonga turistik va ishbilarmonlik maqsadlarida Koreya Respublikasining 46,3 ming nafar fuqarosi tashrif buyurgan, deya xabar qildi Milliy statistika qo‘mitasi.
O‘tgan yilga nisbatan koreyalik turistlar soni 5,2 ming nafarga, yaʼni 12,2 foizga oshgan.
Tashriflarning asosiy qismi turistik safarlarga to‘g‘ri kelib, ular soni 36,1 ming nafarni tashkil etgan.
Xizmat safari bilan 5,1 ming nafar, qarindoshlarni ziyorat qilish maqsadida 4,1 ming nafar, o‘qish uchun 917 nafar, tijorat maqsadida esa 4 nafar fuqaro O‘zbekistonga kelgan.