Valyuta kurslari 16/02/2026
$1 – 12220.98
UZS – -0,44%
€1 – 14495.30
UZS – -0,66%
₽1 – 158.38
UZS – -0,45%
Qidirish
2025 yilda O‘zbekistonga ayollarga nisbatan erkaklar ko‘proq tashrif buyurgan

2025 yilda O‘zbekistonga ayollarga nisbatan erkaklar ko‘proq tashrif buyurgan

2025 yilda O‘zbekistonga ayollarga nisbatan erkaklar ko‘proq tashrif buyurgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilda O‘zbekistonga turist sifatida kelganlar orasida asosan erkaklar ustunlik qildi.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakatga turizm maqsadida 200 ta davlatdan 11,7 million nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurgan.

Ularning 6,4 million nafarini erkaklar, 5,3 million nafarini esa ayollar tashkil etgan.

Sayyohlarning yosh taqsimoti shuni ko‘rsatadiki, ularning asosiy qismi mehnatga layoqatli faol yoshda bo‘lgan. Xususan, 31 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlar 5,9 million nafarni tashkil etgan, 19–30 yoshdagilar — 1,9 million nafar, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar — 1,5 million nafar, 56 yoshdan yuqori turistlar esa 2,35 million nafarni tashkil qilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling