2025 yilda O‘zbekistonga 1,1 mingdan ortiq xorijlik ko‘chib keldi

2025 yilda O‘zbekistonga 1,1 mingdan ortiq xorijlik ko‘chib keldi

2025 yilda O‘zbekistonga 1,1 mingdan ortiq xorijlik ko‘chib keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan doimiy yashash uchun 1 159 nafar shaxs ko‘chib kelgan.

Immigrantlarning eng katta ulushi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi — 39,9 foiz. Shuningdek, Qozog‘iston — 20,3 foiz, Tojikiston — 10,3 foiz, Qirg‘iziston — 4,3 foiz, Turkmaniston — 3,1 foizni tashkil etgan. Qolgan davlatlar hissasiga 22,1 foiz to‘g‘ri keladi.

Immigrantlarning hududlar kesimidagi taqsimotiga ko‘ra, ularning aksariyati poytaxt va uning atrofida joylashgan. Jumladan, Toshkent shahrida 698 nafar, Toshkent viloyatida 275 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 101 nafar yashash uchun joylashgan.

Boshqa hududlarda ko‘chib kelganlar soni ancha kam: Sirdaryo viloyatida 24 nafar, Farg‘ona viloyatida 14 nafar, Jizzax viloyatida 12 nafar, Navoiy viloyatida 12 nafar, Buxoro viloyatida 11 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo viloyatida 2 nafar, Samarqand viloyatida 2 nafar va Namangan viloyatida 1 nafarni tashkil etgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling