Valyuta kurslari 22/01/2026
$1 – 12122.07
UZS – 0,4%
€1 – 14187.67
UZS – 0,21%
₽1 – 156.39
UZS – 0,79%
Qidirish
2025 yilda O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarish hajmi 1 101,1 trln so‘mdan oshdi

2025 yilda O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarish hajmi 1 101,1 trln so‘mdan oshdi

2025 yilda O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarish hajmi 1 101,1 trln so‘mdan oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil yanvar–dekabr oylarida O‘zbekiston korxonalari tomonidan 1 101,1 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga yuqori. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

2026yilning  1 yanvarholatiga  ko‘ra,respublikada 59,8mingta  sanoat  korxonasi faoliyat  yuritmoqda.

 Asosiy  iqtisodiy  faoliyat  turlari  kesimida  korxonalarning  katta qismi quyidagilarga:-oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish–11,9 mingta (20,0%);-boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish–8,3 mingta (13,8%);-kiyim ishlab chiqarish–6,0mingta (10,0%);-tayyor metall buyumlar ishlabchiqarish–4,8mingta (8,0%);-mebel ishlab chiqarish–4,1mingta (6,9%);-to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish–3,7mingta(6,2%);-rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish–2,8mingta (4,7%)to‘g‘ri keldi.

2025    yilning    yanvar-dekabryoylarida    respublika    korxonalari    tomonidan1101,1trln  so‘mlik  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarildi.Bu  ko‘rsatkich  o‘tgan  yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,8foizga oshgan.

Aholi  jon  boshiga  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishhajmi  tahlil  qilingandaNavoiy  viloyatida(176,9mlnso‘m),  Toshkent  shahrida  (65,9mlnso‘m),  Toshkent  viloyatida(54,3mlnso‘m),    Andijon    viloyatida    (30,9mlnso‘m)    respublika o‘rtacha ko‘rsatkichi(29,1mlnso‘m)danyuqorinatijalar qayd etilgan.Shuningdek,     respublikada     aholi     jon     boshiga     sanoat     mahsulotlari     ishlabchiqarishning  o‘sish  surʼati 104,8%  ni  tashkiletgan  bo‘lsa, Jizzax  viloyatida 112,1%, Namanganviloyatida 107,0%,Surxondaryoviloyatida 106,9%,Sirdaryo  viloyatida 106,8% qaydetilib respublika ko‘rsatkichidan yuqori natija qaydetilmoqda.

2025 yilning yanvar-dekabryoylarida sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush  ishlab  chiqaradigan  sanoat  hissasiga  to‘g‘ri  kelib, 947,2trln  so‘mni,  jami  sanoat ishlab  chiqarishidagi   ulushi 86,0foizni tashkil  etgan  holda  tog‘-kon  sanoati  va  ochiq konlarni   ishlashda 77,0trln   so‘m   (7,0%),   elektr   gaz   bug‘   bilan   taʼminlash   va   havonikonditsiyalashda 70,8trln  so‘m  (6,4%)  hamda  suv  bilan  taʼminlash,  kanalizatsiya  tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilishda6,1trln so‘m (0,6%)ni tashkil etdi.

2025   yil   yanvar-dekabryoylarida   respublikada   quyidagi   mahsulotlar   ishlab chiqarildi:tabiiy gaz–42,3mlrd m³,  neft–655,7ming  t,ko‘mir–8,9mln  t,avtomobil benzini–1200,2mingt,dizel  yoqilg‘isi–1158,1mingt,portlandsement–20,2mlnt,ip kalava–592,9ming t, bug‘doy va spelta uni–1227,5ming t.

Ishlab     chiqaradigan     sanoat     tarkibida     oziq-ovqat, ichimliklar     va     tamaki mahsulotlarini  ishlab  chiqarishning  ulushi–19,6%,to‘qimachilik  mahsulotlari,  kiyim, teri    va    unga    tegishli    mahsulotlar    ishlab    chiqarishning    ulushi–15,8%,    mashinava   uskunalardan   tashqari   tayyor   metall   buyumlar,   kompyuterlar,   elektron   va   optik mahsulotlar,  elektr  uskunalar,  boshqa  toifalarga  kiritilmagan  mashina  va  uskunalar, avtotransport  vositalari,  treylerlarva  yarim tirkamalar,  boshqa  transport  uskunalari ishlab  chiqarish  va  mashinava  uskunalarni  taʼmirlash  va  o‘rnatishning  ulushi–18,5% hamdakimyo mahsulotlari, rezinava plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi–6,9 foizni tashkil etdi.

O‘tgan  yilning  mos  davriganisbatansolishtirganda  ishlab  chiqaradigan  sanoat tarkibida  yuqori  texnologiyali tarmoqning  ulushi 1,1foizni,  o‘rta-yuqori  texnologiyali–19,5%,o‘rta-quyitexnologiyali–39,3%, quyitexnologiyali 40,1foizni tashkil etgan.

2025  yilning yanvar-dekabryoylarida  o‘tgan  yilning  mos  davriga  nisbatanelektrenergiya  ishlab  chiqarish 104,0foizni, yirik  korxonalar  tomonidan issiqlik energiyasi ishlab chiqarishesa88,6foizni tashkil etdi.

O‘tgan  yilning  mos  davriga  nisbatan  to‘qimachilik  chiqindilarida 14,2foizga,  oqova suvlarni  yo‘qotish,  transportirovka  qilish  va  ishlov  berish  bo‘yicha  xizmatlarda 16,0foizga ko‘payish kuzatildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling