Valyuta kurslari 26/01/2026
$1 – 12084.95
UZS – -0,43%
€1 – 14182.90
UZS – -0,06%
₽1 – 159.31
UZS – -0,43%
Qidirish
2025 yilda O‘zbekistonda 15,8 million kvadrat metr uy-joy va ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi

2025 yilda O‘zbekistonda 15,8 million kvadrat metr uy-joy va ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi

2025 yilda O‘zbekistonda 15,8 million kvadrat metr uy-joy va ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar va tadbirkorlik subyektlari soni 55 mingdan oshdi, bu 2024 yilga nisbatan 12 foizga ko‘pdir. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar qildi.

Sohada yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 110 trillion so‘mni tashkil etdi.

Yil davomida qurilish sohasida doimiy va mavsumiy ish o‘rinlarini hisobga olgan holda bir milliondan ortiq fuqaro ish bilan taʼminlandi.

Shuningdek, 2025 yilda mamlakatimizda 18 mingdan ortiq ko‘p qavatli turar joy binolari, savdo-maʼmuriy majmualar, ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlar qurilishi amalga oshirildi.

Jami 15,8 million kvadrat metr turar joy foydalanishga topshirilib, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yo‘lida muhim qadam qo‘yildi.

Biroq sohada ayrim tizimli muammolar ham saqlanib qolmoqda. Xususan, boshqa davlatlarda qurilish jarayoni o‘rtacha 1,5 yil davom etsa, mamlakatimizda bu muddat deyarli ikki barobar ko‘p bo‘lib, 3 yilgacha cho‘zilmoqda.

Bunda quruvchilarning asosiy vaqti yer ajratish, loyiha va qurilishga oid hujjatlarni turli tashkilotlar bilan kelishish hamda rasmiylashtirish jarayonlariga sarflanmoqda. Bu esa loyihalarni amalga oshirish surʼatiga va tadbirkorlarning xarajatlariga bevosita taʼsir ko‘rsatmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling