Valyuta kurslari 23/01/2026
$1 – 12136.92
UZS – 0,12%
€1 – 14191.70
UZS – 0,03%
₽1 – 159.99
UZS – 2,3%
Qidirish
2025 yilda kameral soliq tekshiruvlari soliq to‘lovchilarning 8 foizini qamrab oldi

2025 yilda kameral soliq tekshiruvlari soliq to‘lovchilarning 8 foizini qamrab oldi

2025 yilda kameral soliq tekshiruvlari soliq to‘lovchilarning 8 foizini qamrab oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilda 45,3 mingta soliq to‘lovchida kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Bu respublika bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining (567,7 mingta) 8 foizini tashkil etadi. Bu haqda soliq organlarining rasmiy maʼlumotlarida keltirilgan.

Ushbu tekshiruvlarda 36,8 trln so‘m tafovutlar aniqlangan hamda soliq to‘lovchilarga tafovutlar to‘g‘risidagi talabnomalar yuborilgan.

Eng katta tafovutlar hajmi qo‘shilgan qiymat solig‘i hissasiga to‘g‘ri kelib, 18,6 trln so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, foyda solig‘i bo‘yicha 10,9 trln so‘m, aksiz solig‘i bo‘yicha 3,5 trln so‘m va mol-mulk solig‘i bo‘yicha 1,3 trln so‘m miqdorida sezilarli tafovutlar aniqlangan.

Tarmoqlar kesimida eng yirik tafovutlar umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohalarida qayd etilgan bo‘lib, ularning hajmi 17,7 trln so‘mni tashkil etgan.

Ishlab chiqarish sohasida 8,1 trln so‘m, qurilishda 4,2 trln so‘m, transport sohasida 2,9 trln so‘m, qishloq xo‘jaligida esa 1,2 trln so‘m miqdorida tafovutlar aniqlangan.

Kameral tekshiruvlar soliq to‘lovchilar joyiga chiqmasdan, taqdim etilgan hisobotlar hamda soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlili asosida o‘tkaziladi.

Ularning natijalari soliq majburiyatlarini aniqlashtirish va soliq maʼmurchiligining shaffofligini oshirish maqsadida qo‘llaniladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling