Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
2025 yilda 366 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilda Saudiya Arabistoniga O‘zbekistonning 366 251 nafar fuqarosi tashrif buyurgan, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
O‘tgan yilga nisbatan safarlar soni 163 ming nafarga, yoki 71 foizga oshgan.
Tashrif maqsadlariga ko‘ra, sayohat qilganlarning aksariyati mamlakatga turistik safarlar bilan borgan — 197,9 ming nafar.
Qarindoshlarni ziyorat qilish maqsadida 38,2 ming nafar fuqaro tashrif buyurgan, davolanish uchun 924 nafar, xizmat safari bilan 66 nafar, Saudiya Arabistonida o‘qishni esa 31 nafar tanlagan.