Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
Iqtisod 25/02/2025 2025 yil yanvar oyida O‘zbekistonda 22 147 yengil avtomobil sotilgan

2025 yil yanvar oyida O‘zbekistonda 22 147 yengil avtomobil sotilgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil yanvar oyida O‘zbekistonda 22 147 yengil avtomobil sotilgan, deb xabar beradi “O‘zavtosanoat” kompaniyasi.

Savdo bo‘yicha yetakchi UzAuto Motors bo‘lib, u 12 525 ta avtomobil sotgan, bu esa umumiy hajmning 56,5%ini tashkil qiladi.

Ikkinchi o‘rinni 4 643 ta avtomobil sotgan Khorezm Auto egalladi, bu esa bozorning 21%iga teng.

Uchinchi o‘rinda 3 165 ta avtomobil (14,3%) sotgan ADM Jizzakh joylashdi.

BYD Uzbekistan Factory zavodi esa 1 663 ta avtomobil sotib, umumiy bozorning 7,5% ulushiga ega bo‘ldi.

Asaka Motors, SamAuto va Jizzakh Auto mos ravishda 105, 28 va 18 ta avtomobil sotdi, bu esa bozor ulushining 1%idan kamrog‘ini tashkil etadi.

Brendlar bo‘yicha Chevrolet 17 168 ta sotilgan avtomobil bilan mutlaq yetakchi bo‘lib qolmoqda.

Ikkinchi o‘rinda 2 007 ta sotilgan avtomobil bilan KIA joylashdi, uchinchi o‘rinni esa 1 663 ta avtomobil sotgan BYD egalladi.

Qolgan o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

  • Chery – 599 ta
  • Haval – 559 ta
  • Hyundai – 80 ta
  • Isuzu D-Max – 28 ta
  • Jetta – 18 ta

Modellar orasida eng ko‘p sotilgani Chevrolet Cobalt bo‘lib, u 9 227 nusxada sotildi.

Ikkinchi o‘rinni Chevrolet Damas 3 755 ta sotuv bilan egalladi, uchinchi o‘rin esa Chevrolet Tracker‘ga tegishli bo‘lib, u 1 810 ta sotildi.

Ilk o‘ntalikka quyidagi modellar ham kirdi:

  • KIA Sonet – 1 439 ta
  • Chevrolet Onix – 1 143 ta
  • Chevrolet Labo – 888 ta
  • BYD Song Plus Champion DMI – 600 ta
  • BYD Chazor – 502 ta
  • BYD Song Plus DMI – 300 ta
  • Haval M6 – 288 ta

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling