Valyuta kurslari 03/03/2026
$1 – 12190.57
UZS – 0,15%
€1 – 14303.20
UZS – -0,38%
₽1 – 157.48
UZS – 0,02%
Qidirish
2025-yil yakunlariga ko‘ra Fond birjasi foydasi 43%ga oshdi

2025-yil yakunlariga ko‘ra Fond birjasi foydasi 43%ga oshdi

2025-yil yakunlariga ko‘ra Fond birjasi foydasi 43%ga oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil yakunlariga ko‘ra, “Toshkent” RFBning sof tushumi 10,1%ga kamayib, 30,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shu bilan birga, birjaning sof foydasi 43,1%ga o'sib, 17,6 mlrd so‘mga yetdi. Foizli daromadlar esa yil davomida 3,7 mlrddan 9,5 mlrd so‘mgacha oshdi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, birjada aksiyalar bo‘yicha umumiy savdo hajmi 8,078 trln so‘mga yetdi, bitimlar soni esa 362 420 tani tashkil etdi.

Asosiy savdo maydonchasi — “Main Board“da jami 362 308 ta bitim tuzilib, ularning umumiy hajmi 175,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich undan oldingi yilga nisbatan 33%ga yuqori bo'ldi.

Shuningdek, “Main Board“ maydonchasida savdoga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha Top-10 emitentlarning umumiy savdo hajmi 155,4 mlrd so‘mni tashkil etib, aksiyalar bozori bo‘yicha “Main Board“ umumiy savdo hajmining 89%iga teng bo‘ldi.

“Toshkent” RFBning birja kotirovka ro‘yxatiga kiritilgan aksiyalarning bozor kapitallashuvi 17,4%ga oshib, 284,63 trln so‘mni ($23,67 mlrd) tashkil etdi. Erkin muomaladagi (free-float) aksiyalarning bozor kapitallashuvi esa 4,04 trln so‘mga ($339,7 mln) teng bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling