2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi
2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun bilan “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sportni rivojlantirish, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish hamda ko‘p kvartirali uy-joylar va ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorligini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi.
Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hajmi, Davlat byudjetidan davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlar miqdorlari, ushbu jamg‘armalarning daromadlari hamda xarajatlari o‘zgartiriladi.
Shuningdek, Byudjet mablag‘larining maqsadliligi, samaradorligini oshirish, byudjet intizomini mustahkamlash doirasida mablag‘larning bir qismini maqbullashtirish va ularni qo‘shimcha xarajatlarga yo‘naltirish nazarda tutildi.