Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Iqtisod 11/06/2025 2025 yil iyun oyida O‘zbekistonda “yashil vodorod” ishlab chiqarish boshlanadi

2025 yil iyun oyida O‘zbekistonda “yashil vodorod” ishlab chiqarish boshlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil iyun oyida O‘zbekistonda “yashil vodorod” ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda ACWA Power kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha prezidenti Abid Malik Toshkent xalqaro investitsiya forumida maʼlum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ACWA Power “yashil vodorod” ishlab chiqarish bo‘yicha ikki loyihani amalga oshirmoqda — biri Saudiya Arabistonida, ikkinchisi esa O‘zbekistonda. O‘zbekistondagi ishlab chiqarish 2025 yil iyun oyida boshlanadi va yillik hajmi 3000 tonna “yashil vodorod”ni tashkil etadi.

«Biz bu loyiha mamlakatni dunyoda “yashil vodorod” sohasida yangi pog‘onaga olib chiqishiga ishonamiz», — dedi Abid Malik.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida saudiyalik ACWA Power kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilayotgan “yashil vodorod” ishlab chiqarish bo‘yicha pilot loyiha qurilishiga rasman start bergan edi.

Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi va uning umumiy qiymati 88 million dollarni tashkil etadi. Birinchi bosqich doirasida 2025 yilda yillik 3000 tonna “yashil vodorod” ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

“O‘zkimyosanoat” AJ maʼlumotlariga ko‘ra, ikkinchi bosqichda Chirchiq shahrida “yashil vodorod” asosida yiliga 500 ming tonna ammiak ishlab chiqarish tashkil etilishi, shuningdek, umumiy quvvati 2,4 gigavattga teng bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling