Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
2024 yilda O‘zbekistondan mosh eksporti: asosiy bozorlar va hajmlar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekiston 123,4 ming tonna mosh eksport qildi, bu 99,4 million AQSH dollariga teng.
O‘tgan yil davomida o‘zbek moshining eng yirik importyorlari Xitoy, Qozog‘iston va Rossiya bo‘ldi. Ularning ichida yetakchi Xitoy bo‘lib, u 112,1 ming tonna mahsulot xarid qildi. Eksport hajmining ancha kichik qismi Qozog‘istonga (5,4 ming tonna) va Rossiyaga (1,6 ming tonna) to‘g‘ri keldi.
Bundan tashqari, 806 tonna mpsh Niderlandiyaga, 435 tonna esa Pokistonga yetkazib berildi. Boshqa mamlakatlarga yo‘naltirilgan jami eksport hajmi 3 ming tonnaga yaqinni tashkil etdi.