Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
17-mart kuni Syurix shahrida “O‘zbekiston - Shveysariya” biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

17-mart kuni Syurix shahrida “O‘zbekiston - Shveysariya” biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

17-mart kuni Syurix shahrida “O‘zbekiston - Shveysariya” biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 17-mart kuni Syurix shahrida “O‘zbekiston -Shveysariya” biznes-forumi tashkil etiladi. Mazkurtadbir ikki mamlakatning ishbilarmon doiralari, yetakchi kompaniyalari hamda tegishli tashkilotlari vakillarini birlashtiradi.

Forum doirasida O‘zbekiston va Shveysariyaning iqtisodiy salohiyati, investitsiya imkoniyatlari hamda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

Dasturda tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish va amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini aniqlashga qaratilgan B2B uchrashuvlar ko‘zda tutilgan.

Forumda energetika va qayta tiklanadigan energiya, toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati, mashinasozlik, togʻ-kon sanoati va xom ashyo, transport (shu jumladan, temir yoʻl va shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish), qishloq xoʻjaligi va agroturizm, shuningdek, farmatsevtika va sogʻliqni saqlash kabi bir qator muhim sohalardagi yetakchi kompaniyalarning taqdimotlari boʻlib oʻtadi.

Mazkur forum ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida barqaror biznes aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish va o‘zaro manfaatli loyihalarni ilgari surishuchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling