Valyuta kurslari 03/03/2026
$1 – 12190.57
UZS – 0,15%
€1 – 14303.20
UZS – -0,38%
₽1 – 157.48
UZS – 0,02%
Qidirish
160 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarolariga Dubay va Abu-Dabida vaqtinchalik yashash huquqi berildi

160 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarolariga Dubay va Abu-Dabida vaqtinchalik yashash huquqi berildi

160 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarolariga Dubay va Abu-Dabida vaqtinchalik yashash huquqi berildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning BAAdagi Bosh konsulxonasi tomonidan Dubay, Shardja va Abu-Dabi shaharlaridagi vatandoshlarimiz bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan ma’lumot berildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

2-mart holatiga ko‘ra, Dubaydagi “Hyatt Place Dubai” mehmonxonasiga jami 93 nafar hamyurtimiz joylashtirildi. Ularning 61 nafari ushbu mehmonxonaning o‘zidan chiqarib yuborilgan fuqarolar bo‘lib, vaqtinchalik turar joy masalasida qiyin ahvolga tushib qolgan edi.

27 nafar fuqaromiz “Floria Hotel” mehmonxonasidan chiqarib yuborilgan bo‘lib, ular ham joylashtirildi. Qolaversa, ko‘chada qolib ketgan 5 nafar vatandoshimiz ham aniqlanib, xavfsiz joyga ko‘chirildi.

Bundan tashqari, “Hampton by Hilton Dubai” mehmonxonasiga 39 nafar fuqaromiz joylashtirilib, ularning yashash sharoitlari ta’minlandi.

Shu bilan birga, Abu-Dabi shahrida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan 4 nafar fuqaromiz “AG Hotel Abu Dhabi” mehmonxonasiga joylashtirildi. Ularning salomatligi va xavfsizligi alohida nazoratga olingan.

Hozirgi vaqtda barcha fuqarolarimizga zarur amaliy va tashkiliy yordam ko‘rsatilmoqda. BAAdagi O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va mutasaddi tashkilotlar tomonidan vaziyat doimiy ravishda monitoring qilinib, har bir murojaat tezkor tarzda ko‘rib chiqilmoqda.

Vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qiyin vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling