Valyuta kurslari 29/10/2025
$1 – 12004.47
UZS – -0,41%
€1 – 13993.61
UZS – -0,24%
₽1 – 150.22
UZS – -1,45%
Qidirish
1 noyabrdan boshlab O‘zbekiston bozorlarida Xolis Paynet onlayn to‘lov tizimi ishga tushadi

1 noyabrdan boshlab O‘zbekiston bozorlarida Xolis Paynet onlayn to‘lov tizimi ishga tushadi

1 noyabrdan boshlab O‘zbekiston bozorlarida Xolis Paynet onlayn to‘lov tizimi ishga tushadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mamlakatimiz bozorlari to‘lovlarning mutlaqo yangi darajasiga qadam qo‘ymoqda. Prezidentning qarori asosida 1 noyabrdan boshlab savdo jarayonlarida terminal yoki naqd pulga ehtiyoj qolmaydi.

Har bir tadbirkorga maxsus QR-kod beriladi, xaridor esa shu QR-kodni telefoni orqali skaner qilishi bilan to‘lov bir zumda amalga oshadi.

“Paynet” xizmati tomonidan ishlab chiqilgan “Xolis Paynet” platformasi xususan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Platforma orqali elektron hamyonni to‘ldirish yoki undan naqd mablag‘ yechib olish mumkin. Tushum va soliqlarga oid barcha maʼlumotlar avtomat tarzda bir joyda aks ettiriladi.

Bugundan boshlab Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan bozor va savdo komplekslarida “Xolis Paynet” tizimi taqdimotlari o‘tkazilmoqda.

Mutasaddilar tadbirkorlar va xaridorlarga platformaning afzalliklarini jonli ravishda ko‘rsatib bermoqda.

Shunday qilib, noyabr oyi mamlakat bozorlarida raqamli to‘lovlarning yangi davrini boshlab beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling