Valyuta kurslari 09/01/2026
$1 – 12109.02
UZS – 0,63%
€1 – 14139.70
UZS – 0,56%
₽1 – 150.31
UZS – 0,68%
Qidirish
1 mln 161 mingdan ortiq ehtiyojmand-oilalarga 1,2 trln so‘m bir martalik moddiy yordam to‘lab berildi

1 mln 161 mingdan ortiq ehtiyojmand-oilalarga 1,2 trln so‘m bir martalik moddiy yordam to‘lab berildi

1 mln 161 mingdan ortiq ehtiyojmand-oilalarga 1,2 trln so‘m bir martalik moddiy yordam to‘lab berildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilda O‘zbekistonda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari 1,16 milliondan ortiq muhtoj oilalarni qamrab oldi. Ushbu oilalarga jami 1,2 trln so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratildi, deya maʼlum qildi tegishli idoralar.

Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolining bazaviy meʼyorlaridan oshib ketgan oilalarga amaldagi sarf bilan belgilangan meʼyor o‘rtasidagi farq qoplab berilmoqda. Bazaviy limitlar quyidagicha belgilangan: elektr energiyasi uchun oyiga 150 kVtgacha, tabiiy gaz uchun esa isitish mavsumida 250 kub metrgacha, isitish bo‘lmagan davrda esa 150 kub metrgacha.

2025 yil 1 maydan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli bo‘yicha  bazaviy meʼyoridan ortiq isteʼmol qilgan  562,9 ming nafar ehtiyojmand oilaga 41,6 mlrd so‘m kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lab berildi. Shundan, elektr energiya uchun 30,0 mlrd so‘m va tabiiy gaz uchun esa 11,6 mlrd so‘m.

2024-2025 yilgi isitish mavsumidagi elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli bo‘yicha  bazaviy meʼyoridan ortiq isteʼmol qilgan 207 962 nafar ehtiyojmand oilaga 23,3  mlrd so‘m kompensatsiya pullari to‘lab berilgan.

Ushbu chora-tadbirlar aholining ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash hamda elektr energiyasi va gaz isteʼmoli yuqori bo‘lgan sharoitda oilalarning moliyaviy yukini kamaytirishga qaratilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling