Valyuta kurslari 30/01/2026
$1 – 12199.10
UZS – 0,25%
€1 – 14585.24
UZS – -0,02%
₽1 – 160.49
UZS – 0,38%
Qidirish
1-fevraldan boshlab Toshkent metrosining 19 ta bekatidagi chipta kassalari yopiladi

1-fevraldan boshlab Toshkent metrosining 19 ta bekatidagi chipta kassalari yopiladi

1-fevraldan boshlab Toshkent metrosining 19 ta bekatidagi chipta kassalari yopiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 1-fevraldan boshlab Toshkent metrosining yana 19 ta bekatidagi chipta kassalari yopiladi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK xabar qildi.

Ular qatoriga “Yangihayot”, “Sergeli”, “O‘zgarish”, “Choshtepa”, «Milliy bog‘», «Mustaqillik maydoni», «Amir Temur xiyoboni», “Pushkin”, “Do‘stlik”, “Aviasozlar”, “Toshkent”, “Oybek”, “Kosmonavtlar”, “O‘zbekiston”, «G‘ofur G‘ulom», “Chorsu”, “Turkiston”, “Shahriston” va “Bodomzor” bekatlari kiradi.

Bekatlarda bir martalik QR-biletlarni berish uchun infokiosklar o‘rnatiladi.

Yo‘lovchilar uchun o‘ndan ortiq to‘lov usullari mavjud. Ular orasida bank va transport kartalari, yuzni tanib olish tizimi (Face ID), kaft orqali to‘lov (PalmPay) hamda mobil ilovalar bor.

Kassalarning yopilishi chipta xarid qilish jarayonini tezlashtirish va yo‘l haqini to‘lashni soddalashtirish imkonini beradi. Yo‘lovchilar fikrlarini inobatga olgan holda, qolgan bekatlarda ham kassalarni bosqichma-bosqich yopish rejalashtirilgan.

Avvalroq, 2025 yil 9 dekabrda metroning 16 ta bekatida kassalar yopilgan edi. Kassir lavozimlari tugatiladi, xodimlarga esa buxgalteriya, tikuvchilik va qandolatchilik yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan turli sohalar bo‘yicha bepul qayta tayyorlash kurslari taklif etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling