1-3 may kunlari Toshkentda gullar festivali boʻlib oʻtadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 1-3 may kunlari Toshkentda Gullar festivali bo‘lib o‘tadi.Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Festival jamiyat e’tiborini ekologik tarbiya, tabiatni muhofaza qilish, yoshlarda ekologik ongni shakllantirish va "yashil iqtisodiyot" tamoyillarini rivojlantirish masalalariga qaratishga yo‘naltirilgan.
Festivalda ishtirok etish uchun ekologik dizayn, barqaror taraqqiyot va "yashil iqtisodiyot" sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va tashkilotlar vakillari taklif etiladi.