Valyuta kurslari 12/03/2026
$1 – 12135.76
UZS – -0,18%
€1 – 14067.77
UZS – -0,7%
₽1 – 153.40
UZS – -0,38%
Qidirish
Soliq qoʻmitasi va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi kelgusi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Soliq qoʻmitasi va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi kelgusi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Soliq qoʻmitasi va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi kelgusi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Soliq qoʻmitasi Raisi Farrux Pulatov Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) Markaziy apparati Daromadlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Margaret Kotton boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Muloqot davomida Oʻzbekiston soliq tizimini takomillashtirish, soliq maʼmuriyatchiligini raqamlashtirish jarayonlarini takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek soliq toʻlovchilar bilan ishlashda ochiqlik va samaradorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda ixtiyoriy soliq majburiyatlarini bajarish muhitini shakllantirish chora-tadbirlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Qayd etilganidek, ushbu uchrashuv 12–13-mart kunlari Toshkent shahrida XVJ koʻmagida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston davlatlari soliq maʼmuriyati rahbarlarining xalqaro forumi arafasida tashkil etildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar zamonaviy soliq maʼmuriyatchiligini rivojlantirishga qaratilgan qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik aloqalarini davom ettirish va yanada mustahkamlashning muhim jihatlarini kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling