Sirdaryoda kadastr inspektori pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi
Sirdaryoda kadastr inspektori pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani bo‘limi bosh inspektori o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda 1975 y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zining mansabdor tanishlari orqali uning yashash xonadoni kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va ushbu hujjatlarni muddatidan oldin tayyorlab berish evaziga 1500 AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bosh inspektor 1000 AQSH dollari va 6 mln 50 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.