"O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi delegatsiyasi Ivanovo viloyatidagi "Untex Rodniki" fabrikasiga tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiyaning Ivanovo viloyatida joylashgan "Untex Rodniki" ishlab chiqarish korxonasiga "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi delegatsiyasining rasmiy tashrifi tashkil etildi.
Tashrif davomida delegatsiya fabrikadagi ilg‘or texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishdi. Tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, to‘qimachilik mahsulotlari import-eksport hajmini oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, O‘zbekiston hukumati tomonidan xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar, shu jumladan soliq yengilliklari, maxsus iqtisodiy zonalar va hamkorlik dasturlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Ushbu tashrif kelajakdagi strategik loyihalar uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi to‘qimachilik sanoatidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda.