Valyuta kurslari 25/04/2025
$1 – 12927.17
UZS – 0,29%
€1 – 14717.58
UZS – -0,02%
₽1 – 155.73
UZS – -0,2%
Qidirish
O‘zbekiston 11/02/2025 Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtliklarni haqorat qilgani uchun qiz 10 sutkaga qamoq jazosiga hukm qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtliklarni haqorat qilgani uchun qiz 10 sutkaga qamoq jazosiga hukm qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 10 fevral kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi poytaxtliklarni ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilganlikda ayblangan 24 yoshli N.X.ning ishini ko‘rib chiqdi.

Sud materiallariga ko‘ra, N.X. o‘zining Instagram‘dagi yopiq sahifasida 5 fevral kuni poytaxtliklarni haqorat qiluvchi 3–4 ta videorolik joylashtirgan va ularni besh daqiqa ichida o‘chirib tashlagan.

Javobgarning aytishicha, uning bunday harakat qilish sababi taksichi bilan bo‘lgan tortishuvga borib taqaladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, taksichi unga «Sizlar hayvonlarsiz. Sizlar kelganingizdan beri Toshkentda doimiy tirbandlik. Ammo sen qiz bola bo‘lganing uchun narxni arzonroq aytaman», degan.

Bu so‘zlarga qattiq achchiqlangan N.X. taksichilarning baʼzi birlariga qaratilgan g‘azabli murojaatni videoga yozib qoldirgan. Biroq blogerlar uning videosidan fragmentlar tarqatib, undagi so‘zlar keng jamoatchilikka tarqalgan.

Sudda N.X. to‘rt marta narkoz olgani tufayli ruhiy holatiga salbiy taʼsir qilganini va uni tez asabiylashuvchan qilib qo‘yganini aytdi. U o‘sha paytda o‘zini haq deb hisoblagani va hatto «Meni 15 sutkaga qamashsa ham, ahamiyati yo‘q, men haqiqatni aytdim», deganini tan oldi. Biroq tergov jarayonida u aybini to‘liq tan oldi va suddan yengil jazo tayinlashini so‘radi.

Mahalla faollari — Yunusobod tumanidagi “Bogieram” va “Bog‘ishamol” mahallalari raislari uning gaplarini haqorat deb hisoblab, suddan qonunga muvofiq chora ko‘rishni so‘rashdi. “Bogieram” mahallasi raisi bunday holatlar jazosiz qolsa, o‘zboshimchalikka sabab bo‘lishi mumkinligini taʼkidladi.

Sud ish materiallarini ko‘rib chiqib, N.X.ni Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha aybdor deb topdi va unga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosini tayinladi. Shuningdek, u maxsus qabulxonada bo‘lgan har bir kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15% (56250 so‘m) miqdorida kunlik xarajatlarni to‘laydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling