Valyuta kurslari 12/03/2026
$1 – 12135.76
UZS – -0,18%
€1 – 14067.77
UZS – -0,7%
₽1 – 153.40
UZS – -0,38%
Qidirish
Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat nazorati tizimi muhokama qilindi

Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat nazorati tizimi muhokama qilindi

Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat nazorati tizimi muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Savdo-sanoat palatasida Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon loyihasi muhokama qilindi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat nazoratining barcha funksiyalarini — fitosanitar, karantin, sanitariya-epidemiologiya, gigiyena va veterinariya nazorati tizimlarini yagona Qo‘mita tarkibida birlashtirish rejalashtirilmoqda.

Bu esa tadbirkorlar uchun katta qulaylik yaratadi. Yaʼni bir mahsulotni turli idoralarda qayta-qayta tekshirtirish o‘rniga, yagona murojaat orqali bozorga chiqarish uchun ruxsat olish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Shu bilan birga, yangi tizim isteʼmolchilar uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi ustidan nazoratni kuchaytirish, shu orqali sifatsiz va xavfli mahsulotlardan samarali himoya qilishga xizmat qiladi.

Yig‘ilish davomida bildirilgan taklif va mulohazalar Farmon loyihasini yana-da takomillashtirish maqsadida umumlashtiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling