Valyuta kurslari 12/03/2026
$1 – 12135.76
UZS – -0,18%
€1 – 14067.77
UZS – -0,7%
₽1 – 153.40
UZS – -0,38%
Qidirish
O‘zbekiston va Falastin agrar sohada hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Falastin agrar sohada hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Falastin agrar sohada hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Falastinning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vail Axmed Batrexi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasida agrar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish, mavjud aloqalarni mustahkamlash hamda yangi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda O‘zbekistondan Falastinga quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari hamda salqin ichimliklar eksport qilinmoqda.

Shu bilan birga, tomonlar agrar sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston va Falastin qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash masalasini ham ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling