Valyuta kurslari 12/03/2026
$1 – 12135.76
UZS – -0,18%
€1 – 14067.77
UZS – -0,7%
₽1 – 153.40
UZS – -0,38%
Qidirish
Aviakompaniya dispetcherlari uchun smenadan oldingi tibbiy ko‘rikdan o‘tish talabi bekor qilindi

Aviakompaniya dispetcherlari uchun smenadan oldingi tibbiy ko‘rikdan o‘tish talabi bekor qilindi

Aviakompaniya dispetcherlari uchun smenadan oldingi tibbiy ko‘rikdan o‘tish talabi bekor qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (O‘zR AQ-91) o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Mazkur idoraviy hujjatda bilan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq havodagi harakatni boshqarish dispetcherlarining har kuni smenadan oldingi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bo‘yicha talab bekor qilinmoqda.

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi konvensiya talablaridan kelib chiqib hamda o‘z ahamiyatini yo‘qotganligi bois, bir qator qoidalar (masalan, bulutlarning quyi chegarasi balandligi minimumdan past bo‘lmasa,o‘tish eshelonidan pasayishga ruxsat berilishi va boshqalar) chiqarib tashlanmoqda.

Jihozlanishiga ko‘ra, havo kemalari asosiy havo kemasi va qayta jihozlangan havo kemasiga ajratilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling