Shoshilinch
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar
Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 24-dekabr kuni boʻlib oʻtgan telefon muloqotida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisining mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uni birlashtirish, barqaror taraqqiyotini taʼminlash va xalqaro nufuzini oshirishdagi tarixiy rolini alohida qayd etdi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston – Ozarbayjon doʻstlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Joriy Iqtisodiy kooperatsiya yilida birgalikda amalga oshirilgan ishlar unumli boʻlgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Barcha darajada samarali muloqotlar va almashinuvlar davom etmoqda. Oʻzaro tovar ayirboshlash jadal surʼatlarda oʻsib bormoqda, “yoʻl xaritasi” asosidagi 20 ta ustuvor yoʻnalishdagi loyihalar faol pallaga kirgan.

Tadbirlarga boy madaniy-gumanitar almashinuvlar dasturi amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston va Ozarbayjon rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, kelgusidagi tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.