7
Iqtisod

O‘zbekiston va Pokiston savdo uylarini ochadi

O‘zbekiston va Pokiston savdo uylarini ochadi
O‘zbekiston va Pokiston savdo uylarini ochadi (IA «Dunyo» surati)

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Pokiston Toshkent, Samarqand, Karachi va Lohurda savdo uylarini ochish bo‘yicha kelishuvga erishdilar, deb xabar beradi IA «Dunyo».

Birinchi savdo uylari 2025-yil fevralda Karachida va 2025-yil martda Toshkentda ochiladi.

Karachidagi O‘zbekiston savdo uyi allaqachon ishga tayyor bo‘lib, uning ramziy ochilish marosimi 2025-yil 3-yanvarda bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida, jumladan, issiqxonalar qurish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinmoqda.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.