Özbekiston

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi
FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino yaqin kunlarda mamlakat Futbol assotsiatsiyasining taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida FIFA rahbari o‘zbek tomoni bilan futbolni yana-da rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni muhokama qiladi, shuningdek, Milliy futbol markazi faoliyati bilan tanishadi.

Safarning asosiy nuqtasi sifatida Janni Infantino 8 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan CAFA Nations Cup 2025 turniri final uchrashuvini stadiondan tomosha qiladi. Finalda O‘zbekiston va Eron terma jamoalari maydonga tushadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.