7
Özbekiston

Uzbekistan Airways San’ya shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Uzbekistan Airways San’ya shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
Uzbekistan Airways San’ya shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Xitoyning San’ya shahri (Xaynan oroli)ga muntazam reyslarni boshlashini e’lon qildi.

Birinchi parvoz 2024-yilning 18-dekabr kuniga rejalashtirilgan.

Parvozlar har chorshanba kuni amalga oshiriladi. Parvoz jadvali quyidagicha:

Toshkentdan uchish: 18:30 (Toshkent vaqti bo‘yicha);

San’yaga yetib borish: 04:10 (mahalliy vaqt bilan);

San’yadan uchish: 05:40 (mahalliy vaqt bilan);

Toshkentga yetib kelish: 10:15 (Toshkent vaqti bo‘yicha).

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.