O‘zbekiston

Toshkentda YTHda ikki yo‘lovchi jabrlandi

Toshkentda YTHda ikki yo‘lovchi jabrlandi
Toshkentda YTHda ikki yo‘lovchi jabrlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Chevrolet Equinox va Chevrolet Traverse avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Voqea 2024-yil 18-noyabr kuni soat 08:40 atrofida poytaxtning Shayxontohur tumanidagi Alisher Navoiy ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida Chevrolet Traverse’dagi ikki yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.