O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda mahsulotlar va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat berilmoqda

UzDaily · 03.02.2025 · 17:45 · 703 views
O‘zbekistonda mahsulotlar va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat berilmoqda

O‘zbekistonda mahsulotlar va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat berilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2025-yilning 1-mayidan Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) standartlari talablari asosida sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni «Halol» belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat beriladi.

Bu borada Hukumatning joriy yil 1-fevral kuni 57-son qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan, jumladan, Mahsulotlar va xizmatlarni «Halol» talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Shuningdek, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida mahsulot va xizmatlarni «Halol» talablariga muvofiq sertifikatlashtirish organi tashkil etiladi va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.