Valyuta kurslari 18/07/2025
$1 – 12658.19
UZS – -0,79%
€1 – 14672.11
UZS – -1,0%
₽1 – 161.44
UZS – -1,16%
Qidirish
Iqtisod 16/01/2025 Flyadeal Namangandan Jidda shahriga parvozlarni boshladi

Flyadeal Namangandan Jidda shahriga parvozlarni boshladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 15-yanvar kunidan boshlab Saudiya Arabistonining arzon aviatashuvchisi Flyadeal Jidda va Namangan shaharlari o‘rtasida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Parvozlar haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Yo‘lovchilarni tashish uchun Airbus A330 samolyotlari xizmat ko‘rsatadi.

Uzbekistan Airports vakillari Flyadeal o‘tgan yilning noyabr oyi oxiridan boshlab O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslarni amalga oshirishni boshlaganini eslab o‘tdi. Mazkur aviatashuvchi ikki davlat o‘rtasida har kuni parvozlar amalga oshiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling