Valyuta kurslari 23/10/2025
$1 – 12101.29
UZS – 0,75%
€1 – 14031.45
UZS – 0,53%
₽1 – 148.01
UZS – -0,05%
Qidirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning taklifiga binoan 13-yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Amirliklar poytaxti Abu-Dabi shahrida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, BAAning yetakchi tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Prezidenti "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" xalqaro sammitida ham ishtirok etadi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Dubay shahriga tashrif buyurib, Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktum bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling