7
Iqtisod

Toshkent va Chengdu o‘zaro munosabatlarni mustahkamlamoqda

Toshkent va Chengdu o‘zaro munosabatlarni mustahkamlamoqda
Toshkent va Chengdu o‘zaro munosabatlarni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Sharof Rahmonov Xitoy Xalq Respublikasi Chengdu shahrining deputat meri U Xao boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Sharof Rahmonov O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi mavjud do‘stona munosabatlarni ijobiy baholadi va Xitoyning boy tajribasidan samarali foydalanish zarurligini ta’kidladi.

U Xao janoblari esa O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi Xitoyning ishonchli hamkori ekanligini ta’kidladi va Toshkent va Chengdu o‘rtasidagi aloqalarni madaniyat, turizm, logistika va qurilish kabi sohalarda mustahkamlash, shuningdek, transchegaraviy elektron tijorat tizimini joriy etishni taklif qildi.

Tomonlar Chengdu va Toshkent shaharlai o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro foydali loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.