7
Iqtisod

O‘zbekiston investitsiyalar vaziri BAAga ishchi tashrifini davom ettirmoqda: asosiy loyihalar va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston investitsiyalar vaziri BAAga ishchi tashrifini davom ettirmoqda: asosiy loyihalar va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston investitsiyalar vaziri BAAga ishchi tashrifini davom ettirmoqda: asosiy loyihalar va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi / Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) ishchi tashrifi davom etmoqda.

10-yanvar kuni tashrif dasturi doirasida transport va logistika, IT-texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish va infratuzilmaviy rivojlantirish kabi muhim sohalarda faoliyat yurituvchi BAAning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muzokaralarda hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosidagi tashabbuslar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu esa O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish va ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.